Futbolchilar munosib taqdirlandi










Farg‘ona shahridagi Qirguli mavzesida joylashgan "Neftchi" futbol klubi qarorgohida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ishtirok etib, jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishda munosib hissasini qo‘shgan “Neftchi” jamoasi a‘zolari ishtirokida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Neftchi” jamoasi a‘zolari, sportchilar, murabbiylar, keng jamoatchilik vakillari, faxriylar, yoshlar hamda futbol muxlislari ishtirok etdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yig‘ilganlarni tarixiy g‘alaba bilan tabriklab, mazkur yutuq mamlakatimiz sport hayotidagi ulkan voqea ekanini ta‘kidladi. Ushbu katta yutuqqa erishishda terma jamoa safida muvaffaqiyatli ishtirok etgan futbolchilar — “Neftchi” jamoasi a‘zolari Farrux Sayfiev, Botirali Ergashev va Jamshid Iskanderovlarga minnatdorchilik bildirdi. Ularni yoshlarga ibrat va namuna sifatida ko‘rsatib o‘tdi. Prezidentimiz boshchiligida barcha sohalarda davom etayotgan islohotlar dunyo hamjamiyati tomonidan e‘tirof etilayotgani, bu islohotlar yaqinda erishilgan ulkan g‘alaba - O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani misolida ham yaqqol o‘z isbotini topgani ta‘kidlandi. Kelgusida barcha kategoriyalar bo‘yicha Farg‘onada kuchli va etakchi futbolchilarni tayyorlashga alohida e‘tibor qaratilishi, buning uchun zarur moddiy-texnik baza va shart-sharoitlar mavjudligi qayd etildi. “Ilm bilan, mehnat bilangina katta natijalarga erishish mumkin. Zo‘r futbolchi bo‘lish uchun zo‘r bilimga ega bo‘lishi kerak. Buni yoshlarimizga to‘g‘ri tushuntirishimiz kerak. Bugun men sizlarga Krishtianu Ronaldu so‘zlari bilan murojaat qilmoqchiman: ‘Faqat talant kifoya emas. G‘alaba uchun qattiq mehnat va yurakdan ishlash kerak.’ Bu so‘zlar sizning har biringizga daxldor, aziz futbolchilar. Shunday ekan, yurakdan o‘ynaylik va maydonda Vatan sharafini himoya qilaylik!”,-dedi viloyat hokimi. Tadbirda Farg‘ona farzandi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadzening ham yutuqlari alohida e‘tirof etilib, uning otasi taniqli futbol mutaxassisi Tohir Kapadzega hamda millat qahramonlariga aylangan futbolchilar Farrux Sayfiev, Botirali Ergashev va Jamshid Iskanderovlarga viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi. O‘z navbatida viloyat hokimining futbolni rivojlantirishga ko‘rsatayotgan e‘tibori ham yuqori baholandi. Tadbir yakunida san‘atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi yig‘ilganlarga yuqori ruh va bayramona kayfiyat ulashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona shahri viloyatning eng obod va namunali hududi bo‘lishi kerak

Farg‘ona viloyati delegasiyasi Tojikistondagi xalqaro forumda ishtirok etdi

Viloyat hokimi turizm sohasidagi tashabbuskor tadbirkorlar bilan uchrashdi

Fransiya kompaniyasi “Shohimardon” turizmiga katta qiziqish bildirmoqda