Farg‘ona viloyati delegasiyasi Tojikistondagi xalqaro forumda ishtirok etdi



Farg‘ona viloyati delegasiyasi Tojikistondagi xalqaro forumda ishtirok etdi Kuni kecha Tojikistonning Xo‘jand shahrida ikki kunlik “So‘g‘d–2025” xalqaro savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, “Savdo-investision imkoniyatlar va mintaqaviy rivojlanish istiqbollari” forumi ham tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi Farg‘ona delegasiyasi ham faol ishtirok etdi. Tarkibida 50 nafardan ortiq rasmiylar va tadbirkorlar bo‘lgan delegasiya a‘zolari So‘g‘d va Farg‘ona viloyatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, investision muhitni yaxshilash va hududlararo do‘stona aloqalarni kengaytirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borishdi. Tadbir doirasida istiqbolli loyihalar taqdimoti o‘tkazilib, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi. Jumladan, Farg‘ona viloyati Savdo-sanoat palatasi va So‘g‘d viloyati Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, B2B shaklidagi uchrashuvlar tashkil etildi. Ularda savdo va eksport yo‘nalishlarida aniq kelishuvlar amalga oshirildi. Ko‘rgazma va forumning asosiy maqsadi xalqaro savdoni qo‘llab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish, xorijiy hamkorlikni kengaytirish, investisiya jalb etish, yangi texnologiyalarni joriy qilish hamda mintaqa davlatlari va xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!