Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1762025-06-13 18:01

Viloyat hokimi turizm sohasidagi tashabbuskor tadbirkorlar bilan uchrashdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749819544374.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749819551869.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749819555096.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749819557787.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749819560326.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749819562886.jpg

Viloyat hokimi turizm sohasidagi tashabbuskor tadbirkorlar bilan uchrashdi Farg‘ona tumanida 2025–2028 yillarda “Farg‘ona” turistik zonasini tashkil etish doirasida qiymati 4,3 trln so‘mga teng bo‘lgan 54 ta istiqbolli investisiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar to‘liq ishga tushirilgandan so‘ng 2 ming 400 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda. Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon va Chimyon qishloqlarida turistik maskanlar hamda dam olish majmualari tashkil etish istagida bo‘lgan 10 dan ziyod tashabbuskor tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda loyihalarning amalga oshirilishi, mavjud imkoniyatlar va dolzarb muammolar muhokama qilindi. Har bir loyihaning iqtisodiy samaradorligi, ijtimoiy ahamiyati va amalga oshirilish mexanizmi batafsil ko‘rib chiqilib, tadbirkorlarning fikr va takliflari eshitildi. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Viloyat hokimi tomonidan hududlarning sayyohlik salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutadigan loyihalarni tez va sifatli amalga oshirish zarurligi alohida ta‘kidlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 14.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft