Fransiya kompaniyasi “Shohimardon” turizmiga katta qiziqish bildirmoqda




Fransiya kompaniyasi “Shohimardon” turizmiga katta qiziqish bildirmoqda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Fransiyaning yirik Montagne et Neige Développement (MND) kompaniyasi prezidenti Xavier Gallot-Lavallée va kompaniyaning MDH davlatlari, Bolqon, Turkiya va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy savdo direktori Orxan Shirinni qabul qildi. Uchrashuvda Farg‘ona tumanida joylashgan Shohimardon va Yordon qishloqlari uchun taklif etilayotgan turizm loyihalari muhokama qilindi. Tog‘ hududlarida sayyohlik ob‘ektlarini barpo etishda boy tajribaga ega bo‘lgan MND kompaniyasi ayni paytda Toshkent viloyatida ham qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, kompaniya dunyo bo‘ylab 49 ta davlatda muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirib kelayotgani qayd etildi. Shohimardon va Yordon qishloqlarida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyiha doirasida ham sayyohlar uchun tog‘li hududda arqon yo‘li, osma ko‘priklar, tomosha yo‘laklari va maydonlari, turli attraksionlar barpo etiladi. Loyihaga ko‘ra, 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Uchrashuvda bildirilgan takliflar Farg‘onada turizm salohiyatini oshirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi ta‘kidlandi hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Berlin shahrida Farg‘ona-Germaniya biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada Germaniya mehnat bozori uchun malakali mutaxassislar tayyorlanadi

Nemis ishbilarmonlari bilan Farg‘onada istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi



Farg‘onalik yoshlar kasbga o‘qitilib, Germaniyada ishlashi mumkin