Viloyatimizdagi 128 ta oromgohda 37 ming 800 nafar bolalarni sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan







Yozgi oromgohlar bolajonlar xizmatida Joriy yil yoz mavsumida viloyatimizdagi 128 ta oromgohda 37 ming 800 nafar bolalarni sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan. Shundan 14 ta stasionar oromgohda 9 ming 300 nafar, 114 ta maktab qoshida tashkil etiladigan kunduzgi oromgohlarda esa 28 ming 500 nafar bolajonlar mazmunli va maroqli dam oladilar. Xususan, Quvasoy shahridagi “Do‘stlik” mahallasida joylashgan “Vodiy gavhari” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi ham ayni kunda o‘g‘il-qizlar bilan gavjum. Hozirda bu erda 230 nafar bolalarga 28 nafar malakali tarbiyachi ta‘til davrini mazmunli va foydali o‘tkazishlariga ko‘mak bermoqda. Oromgohda xorijiy tillar, media, sport, “Mohir qo‘llar” kabi to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, yotoqxona va oshxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida o‘tkazilayotgan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari orqali yosh iqtidorlar kashf etilmoqda. Bu erda bolalar nafaqat miriqib hordiq chiqarmoqda, balki jismonan chiniqib, salomatliklarini mustahkamlab, o‘z bilimlarini ham boyitishmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Farg‘onada “Quvnoq startlar” musobaqasining viloyat bosqichiga start berildi


Farg‘onalik pillakorlar shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardilar