Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning "Hunan Zhongwei Group" kompaniyasi direktori Chenь Minbo boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi






Avval xabar berganimizdek, Xitoyning "Hunan Zhongwei Group" kompaniyasi bilan o‘tgan uchrashuvlarda viloyatimizda qator sohalar bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borilgan edi. Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan bugungi muloqotda ushbu rejalarni amaliy bosqichga o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Samimiy muloqot davomida viloyatimizda Farg‘ona-Foshan sanoat logistika zonasini tashkil etishga kelishib olindi. Shuningdek investorlar tomonidan turizm sohasida amalga oshirmoqchi bo‘lgan istiqbolli loyihalar hamda zamonaviy mehmonxona qurish bo‘yicha takliflar ham ilgari surildi. Uchrashuv yakunida viloyat hokimligi va "Hunan Zhongwei Group" o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





