Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1032025-06-11 18:49

Farg‘onalik pillakorlar shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardilar

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749649757966.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749649765166.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749649767727.jpg

Joriy yilda Farg‘ona viloyatida 46 ming 436 quti ipak qurti parvarishlanib, 2 ming 786 tonna tirik pilla etishtirish rejalashtirilgan edi. Amalda 2 ming 900 tonnadan ziyod pilla xosili yig‘ib olindi va belgilangan reja 104,1 foizga bajarildi. Shartnomaviy rejalarni bajrishda, ayniqsa, Yozyovon, Beshariq, Buvayda hamda Quva tumanlari birinchilar qatorida bo‘ldilar. Mavsumda 4 ming 252 ta fermer xo‘jaligi va 13 ming 755 nafar kasanachi bilan shartnomalar tuzildi. Topshirilgan pilla uchun tarozining ustida pullarning to‘lanishi esa pillakorlar uchun katta rag‘bat bo‘ldi. E‘tiborlisi, ipak qurti urug‘lari “Farg‘ona tut ipak qurti urug‘chilik”, “Marg‘ilon muqobil ipak qurti urug‘chilik” hamda “Farg‘ona pilla naslchilik” korxonalarida mahalliy sharoitda tayyorlandi. Ular mahalliy iqlim sharoitimizga mos, serhosil va ipakchanligining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ma‘lumot uchun, Farg‘onada yiliga to‘rt mavsumda ipak qurti parvarish qilinib, har mavsum uchun alohida reja va tayyorgarlik ishlari amalga oshirilishi an‘anaga aylanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 13.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft