Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1142025-06-11 16:38

Farg‘onada nazorat qiluvchi organlar uchun seminar tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749641880327.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749641886817.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749641895886.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749641899736.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749641902491.jpg

Farg‘onada nazorat qiluvchi organlar uchun seminar tashkil etildi Farg‘ona shahrida Biznes-ombudsman devoni va viloyat hokimligi hamkorligida nazorat qiluvchi organlar vakillari uchun seminar tashkil etildi. Tadbirda viloyatdagi 20 dan ortiq nazorat qiluvchi organlardan 350 nafarga yaqin xodimlar ishtirok etdi. Seminar davomida tadbirkorlik sub‘ektlarida tekshiruvlarni amalga oshirish tartibi, shuningdek, tekshiruvchilarning huquq va majburiyatlari bo‘yicha atroflicha tushuncha berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan fikr almashildi. Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyatiga oid amaldagi qonunchilik hujjatlari va ularga kiritilgan so‘nggi o‘zgartishlar to‘g‘risida ham batafsil ma‘lumotlar taqdim etildi. Seminarda viloyatda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, nazorat organlari faoliyatini takomillashtirish, ularning mas‘uliyatini oshirish hamda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish borasidagi chora-tadbirlarga alohida e‘tibor qaratildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar. Ikki kunlik seminar ertaga ham o‘z ishini davom ettiradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 13.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft