Viloyat hokimi Janubiy Koreyaning “AHA Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Ku Gi Doni qabul qildi.



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Janubiy Koreyaning “AHA Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Ku Gi Doni qabul qildi. Uchrashuvda Farg‘ona shahrida qurilishi rejalashtirilayotgan elektron doskalar va elektr transport vositalarini zaryadlovchi stansiyalar ishlab chiqarish istiqbolli loyihasi muhokama qilindi. Loyiha qiymati 20 mln dollarni tashkil etayotgan korxonada ichki iste‘mol va eksport uchun elektron doskalar (IFPD), EV zaryadlovchi stansiyalari, sog‘liqni saqlash tarmog‘i uchun jihozlar va boshqa mahsulotlarni mahalliy tarzda ishlab chiqarish hamda eksport qilish maqsad qilingan. Muloqot davomida mazkur pilot loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish va aniq takliflar asosida hamkorlikda ishlarni tashkillash yuzasidan kelishib olindi. Viloyat hokimi yangi va o‘zaro manfaatli bu kabi investision loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanligini yana bir bor ta‘kidladi. Uchrashuvda Koreya xalqaro universiteti rektori Park Jun Xo ham ishtirok etdi. Ma‘lumot o‘rnida, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegasiyasi o‘tgan yil noyabrь oyida Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida “AHA Co., Ltd.” kompaniyasida bo‘lib, hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishgan. Mazkur kelishuvlar asosida hozirda amaliy ishlarga o‘tilmoqda. “AHA Co., Ltd.” ta‘lim va tibbiyot sohalari uchun zarur jihozlar va zamonaviy qurilmalar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi nufuzli kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Viloyat hokimi turizm sohasidagi tashabbuskor tadbirkorlar bilan uchrashdi

Fransiya kompaniyasi “Shohimardon” turizmiga katta qiziqish bildirmoqda


Futbolchilar munosib taqdirlandi