Barqarorlik reytingida "AAA" toifaga chiqqan tadbirkor 7,6 mlrd so‘m QQS to‘lovlarini qaytarib oldi



Barqarorlik reytingida "AAA" toifaga chiqqan tadbirkor 7,6 mlrd so‘m QQS to‘lovlarini tekshiruvlarsiz qaytarib oldi Bugungi kunda “korxonabay” ishlash tizimida Farg‘ona viloyatidagi 15 mingdan ortiq QQS to‘lovchi korxonaga 65 nafar soliq inspektori biriktirilgan. Ushbu xodimlar soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarilishida individual ravishda yaqindan ko‘maklashib kelmoqda. "Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “Mollis” MChJga ham biriktirilgan soliq inspektori tomonidan soliq ma‘murchiligiga doir masalalarni samarali hal etishda yordam ko‘rsatib kelinyapti. Soliq xizmati organlari xodimlari ushbu korxonada bo‘lib, tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ta‘kidlash joizki, soliq hisobotlarini vaqtida topshirayotgan, belgilangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘layotgan ushbu namunali tadbirkor Barqarorlik reytingida eng yuqori "AAA" toifaga chiqqan. E‘tiborlisi, “AAA” toifadagi tadbirkorlik subektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash, ya‘ni qaytarish bir kun muddatda tekshiruvlarsiz avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Shu bois, “Mollis” MChJ 2024-yilda 6,4 mlrd so‘m, joriy yil aprel oyida esa 1,2 mlrd so‘m miqdoridagi QQS to‘lovlarini qaytarib olish imkoniyatida ega bo‘lgan. Albatta, qaytarib olingan mablag‘lar korxona faoliyatini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga sabab bo‘lmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Dang‘araning chempionlar etishtiradigan sport maktabi

Yangi texnologiyalar hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda


Viloyatimizning barcha maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari yangradi