Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

302025-08-15 14:45

Viloyat delegasiyasi Qashg‘ardagi 15-Markaziy va Janubiy Osiyo xalqaro savdo ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755251057051.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755251061387.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755251066047.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755251069903.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755251072426.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755251074927.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755251078562.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755251081238.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755251083533.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755251086802.jpg

Farg‘ona viloyati delegasiyasi Qashg‘ardagi 15-Markaziy va Janubiy Osiyo xalqaro savdo ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullaev boshchiligidagi viloyat delegasiyasi rasmiy tashrif bilan Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi Qashg‘ar shahrida bo‘lib turibdi. Kuni kecha 11 ta xorijiy davlatlardan kelgan rasmiylar ishtirokida 15–19 avgust kunlari o‘tadigan 15-Markaziy va Janubiy Osiyo xalqaro savdo ko‘rgazmasining tashkiliy masalalari, belgilangan dasturlar rejasi, hamkorlikdagi ishlar yuzasidan xalqaro anjuman tashkil etilgan edi. Bugun esa ushbu nufuzli ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda turli davlatlar rasmiylari, yirik kompaniyalar rahbarlari, tadbirkorlar ishtirok etdi. Tashkilotchilar ma‘lumotlariga ko‘ra, 2005 yilda asos solinganidan buyon ushbu yarmarka dunyoning 56 mamlakati va hududidan 38 mingga yaqin kompaniyani jalb etgan bo‘lib, umumiy tuzilgan shartnomalar hajmi 480 milliard yuandan oshgan. Bu yil yarmarka ko‘lami yanada kengaytirildi. 40 ming kvadrat metrli ko‘rgazma maydonida 40 dan ziyod mamlakat va Xitoyning turli hududlaridan kelgan ko‘plab korxonalar o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etmoqda. Ko‘rgazma doirasida Farg‘ona viloyatining investision salohiyati haqida ham hamkorlik qilish istagini bildirgan investorlarga ma‘lumotlar berildi hamda Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonining qator kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar tashkil etildi. Qishloq xo‘jaligi, qurilish, sanoat, xizmatlar, turizm, axborot texnologiyalari kabi turli yo‘nalishlarda o‘tkazilgan muloqotlarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalari izchil rivojlanayotgani, Farg‘ona viloyatida xitoylik sarmoyadorlar ishtirokida qator yangi loyihalar amalga oshirilayotgani ta‘kidlandi. Shuningdek, qulay investision muhit tufayli xitoylik investorlar Farg‘onaga sarmoya kiritishga katta qiziqish bildirayotgani qayd etildi. Tashrif doirasida hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida bir qator kelishuv va bitimlar imzolandi. Mazkur tadbirlarda Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, Qo‘qon shahar hokimi Ma‘rufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 16.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft