Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

422025-08-15 22:22

Yosh taekvondochilar Olimpiya cho‘qqilari sari intilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755278370082.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755278382727.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755278395414.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755278401217.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755278410530.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755278414009.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755278417218.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755278421011.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755278424385.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755278429096.jpg

Yosh taekvondochilar Olimpiya cho‘qqilari sari intilmoqda Prezidentimizning tashabbusi bilan ilgari surilgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining viloyat bosqichi qizg‘in davom etmoqda Mazkur musobaqalarning 2-bosqichi doirasida jami 10 ta sport turi bo‘yicha g‘oliblar aniqlanishi belgilangan. Ushbu bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar uchinchi bosqich — Prezident olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi. Farg‘ona shahridagi "Samo" sport majmuasida musobaqaning taekvondo turi bo‘yicha bahslar yakunlandi. Ikki kun davomida 15-17 yoshli 350 nafar sportchilar kuch sinashdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokchilarni samimiy qutlab, yosh sportchilarga musobaqaning viloyat bosqichida yuqori natijalarni egallab, “Prezident olimpiadasi”da ham viloyatimiz sharafini munosib himoya qilishlariga ishonch bildirdi. Shundan so‘ng g‘olib va sovrindorlarga diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. Ma‘lumot o‘rnida, joriy yilning may-iyunь oylarida 15-17 yoshli sportchilar o‘rtasida 10 ta sport turi bo‘yicha musobaqalarning birinchi - mintaqa bosqichida 10 ming nafardan ortiq iqtidorli yosh sportchilar ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 16.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft