Maxsus sanoat zonasida ilg‘or tajribalar asosida loyihalar ishga tushiriladi



Maxsus sanoat zonasida ilg‘or tajribalar asosida loyihalar ishga tushiriladi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning sanoat zonalarini qurish, boshqarish va investisiyalarni jalb qilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Gascia-Aksu Alliance” konsalting kompaniyasining xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori Deng Siyuanni qabul qildi. Kompaniya vakillari bilan Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur Avtonom rayoniga amalga oshirilgan tashrif davomida “Farg‘ona yangi imkoniyatlar" maxsus sanoat zonasida import o‘rnini bosuvchi loyihalarni joylashtirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgan. Unga ko‘ra, Furqat tumanida sanoat zonasiga ajratilgan 52 gektar er maydonida farmasevtika mahsulotlari va havo tozalash tizimlari ishlab chiqarish loyihalarini joylashtirish rejalashtirilmoqda. Uchrashuvda kompaniya vakili mazkur sanoat zonasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar haqida ma‘lumot berdi. Sanoat zonalariga zamonaviy korxonalarni qurish, xitoylik tadbirkorlarni ham jalb qilinishi ma‘lum qilindi. Bu orqali hudud iqtisodiyotiga munosib hissa qo‘shish niyat qilingani ta‘kidlandi. Viloyat hokimi investorlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishini qayd etib, hokimlik tomonidan kerakli ko‘mak ko‘rsatilishini bildirdi. Muloqot davomida hamkorlikda ishlarni jadallashtirish bo‘yicha kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Yosh taekvondochilar Olimpiya cho‘qqilari sari intilmoqda



Farg‘onada tibbiyot sohasi to‘liq raqamlashib, xizmat sifati yaxshilanmoqda