“Euronews” Farg‘onaning milliy hunarmandchilik, boy turistik salohiyati haqida ko‘rsatuvlar tayyorladi







Farg‘ona viloyati “Euronews” nigohida Evropaning mashhur telekanallaridan biri — “Euronews” ijodkorlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib, milliy hunarmandchilik, boy turistik salohiyati haqida turkum ko‘rsatuvlar tayyorladi. Bu Farg‘onaning qadim tarixi, betaκror madaniy merosi, hunarmandchiligi, ekoturizmi va agro-gastroenturizm yo‘nalishlariga bo‘lgan katta qiziqishning yaqqol ifodasi bo‘ldi. Mehmonlarga viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshid Ahmedov Farg‘onaning uzoq o‘tmishdan so‘zlaydigan tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, eko, gastronomik va boshqa turistik ob‘ektlari, sayyohlarni jalb etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha so‘zlab berdi. Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shahri, Rishton va Oltiariq tumanlaridagi turizm manzillari va o‘ziga xos jihatlari haqida qiziqarli lavhalar tasvirga olindi. Ustoz-shogird an‘anasi asosida faoliyat yuritayotgan hunarmandchilik ustaxonalari “Euronews” vakillarida katta taassurot qoldirdi. Mahalliy ustalarning qo‘l mehnati bilan yaratilgan nafis buyumlari, sabr-toqati va badiiy mahorati yuqori baholandi. Tarix va bugun uyg‘unlashgan Farg‘onada – har bir bino, mahsulot va inson o‘z hikoyasiga ega. Ko‘rsatuv Farg‘ona viloyatining turizm salohiyatini xalqaro maydonga olib chiqishda muhim qadam bo‘ladi. Yaqin kunlarda “Euronews” efirida Farg‘ona haqidagi maxsus reportajni tomosha qilishingiz mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Yosh taekvondochilar Olimpiya cho‘qqilari sari intilmoqda

Maxsus sanoat zonasida ilg‘or tajribalar asosida loyihalar ishga tushiriladi