Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

392025-08-16 11:27

Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Qashg‘ar shahriga tashrif samarali uchrashuvlar bilan davom etmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755325636022.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755325640788.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755325643502.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755325646866.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755325649749.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755325652825.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755325655332.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755325657749.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755325660326.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755325662936.jpg

Farg‘ona viloyati rasmiylari hamda tadbirkorlardan iborat delegasiyaning Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi Qashg‘ar shahriga tashrifi samarali uchrashuvlar bilan davom etmoqda. Xususan, Farg‘ona shahri hamda Qashg‘ar shahri o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida memorandum imzolandi. Turizm, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish, urug‘chilik kabi yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi va zamonaviy loyihalarni ishga tushirish masalalari kelishib olindi. Shuningdek, Farg‘onaning “Dilrabo travel” sayyohlik kompaniyasi hamda “Kashi katie international travel” kompaniyasi o‘rtasida qiymati 2,5 mln dollarni tashkil etgan bitim tuzildi. Tashrif doirasida Qo‘qon shahri hamda Qashg‘ar prefekturasidagi Zepu tumani rasmiylari va ishbilarmonlari o‘rtasida ham uchrashuv tashkil etildi. Unda hududlarning mavjud salohiyati, ayniqsa, turizm imkoniyatlari haqida o‘zaro ma‘lumot almashinib, hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Kommunal sohalarda ishlab chiqarishlarni tashkil etish, robototexnika va boshqa qator yo‘nalishlarda hamkorlik bitimlari va kelishuvlar imzolandi. Tadbirlar doirasida Oltiariq tumani hamda Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi Turfon shahri rasmiylari va tadbirkorlari o‘rtasida ham hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, uni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Shahar nafaqat Xitoy, balki dunyo uzumchilik bozorida eng yirik markazlardan biri bo‘lib, viloyatimiz vakillari ushbu jarayonlarga o‘zlari ham guvoh bo‘ldilar. Ma‘lumotlarga ko‘ra, bu erda 40 ming gektar maydonda 560 xil nav uzum etishtiriladi. Shuning uchun uzumchilik bo‘yicha Oltiariq tumani mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. Tashrif doirasida viloyat delegasiyasi sanoat mahsulotlari, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishish bilan bir qatorda Qashg‘ar shahrining diqqatga sazovor joylarida bo‘lib, madaniy tadbirlarda ham faol ishtirok etdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 16.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft