Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

322025-08-16 20:17

Bayramga tuhfa: yangi maktab, bog‘cha va zamonaviy turar joy majmuasi foydalanishga topshirildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755357366915.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755357372306.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755357375614.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755357378933.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755357381796.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755357388164.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755357392488.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755357396274.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755357402368.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755357407089.jpg

Bayramga tuhfa: yangi maktab, bog‘cha va zamonaviy turar joy majmuasi foydalanishga topshirildi Mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami arafasida viloyatimizda yangi inshootlar, turar joylar, ijtimoiy soha ob‘ektlari foydalanishga topshirilmoqda. Bugun Farg‘ona shahrining “Madadkor” mahallasi hududida barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi 500 o‘rinli maktab va 280 o‘rinli maktabgacha ta‘lim muassasasi, yangi barpo etilgan 180 ta xonadondan iborat ko‘p qavatli zamonaviy turar-joy majmuasining ochilishi katta shodiyonaga aylandi. Unda keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov so‘z olib, barchani ushbu yangi bunyod etilgan ta‘lim, tarbiya maskanlari va zamonaviy turar-joy bilan samimiy tabrikladi. Yangi inshootlar mamlakatimizda aholini farovonligini oshirish, hayotdan rozi qilishning amaliy samarasi va yoshlarga bo‘lgan yuksak e‘tibor ifodasi ekanligini ta‘kidladi. Tashabbuskor tadbirkorlarga minnatdorlik bildirdi. Ta‘lim sohasida xususiy sektorning ishtiroki ortib borayotganligi, bu borada viloyatimizda ko‘plab loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Bu esa ta‘lim sifatini yanada oshirish, yoshlarning zamonaviy ilm egallashlari uchun xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir. “Eco line qurilish” MChJ tomonidan 50,4 mlrd mablag‘ hisobiga 3 ta 8 va 9 qavatli 180 ta xonadondan iborat turar joy barpo etildi. “Eco line-education” MChJ tomonidan esa "Academia kids" nomli 280 bolajonni qamrab oluvchi xususiy bog‘cha va 500 o‘rinli “Academia international school" nomli xususiy maktab qurildi. Mazkur bilim maskanlari uchun 35 mlrddan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi. Nuroniylar ishtirokida ramziy tasmalar qirqilib, yangi inshootlarda aholi va yosh avlodga yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Hakimjon Dolimov ham ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 17.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft