Marg‘ilon shahrida yirik kompleks barpo etilmoqda





Marg‘ilon shahrida yirik kompleks barpo etilmoqda Marg‘ilon shahri Navro‘z MFY hududida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivida "Margilan City Mall" savdo, ko‘ngil ochar va turar joy maskanlari kompleksi qurilishiga kirishilgan bo‘lib, bu erda 35 million dollarlik loyiha doirasida savdo markazi, 12, 14 va 16 qavatli 785 xonadonni o‘z ichiga olgan 11 ta turar-joy binosi, avtoturargohlar, bolalar maydonchalari va atrium barpo etilishi rejalashtirilgan. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur hududda bo‘lib, qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Shu joyda loyiha tashabbuskori Nodirbek Ro‘ziboev va qator tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazildi, tadbirkorlarning yangi investision loyihalari taqdimoti bilan tanishildi. Loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi