Farg‘ona viloyati va Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni o‘rtasida hamkorlik ko‘lami kengaymoqda










Farg‘ona viloyati va Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni o‘rtasida hamkorlik ko‘lami kengaymoqda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar kun sayin rivojlanib bormoqda va davlat rahbarlari darajasida doimiy muloqot va samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Bu haqida Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi Qashg‘ar shahrida tashkil etilgan 15-Markaziy va Janubiy Osiyo xalqaro savdo ko‘rgazmasi tadbirlari doirasida o‘tgan xalqaro konferensiya ishida Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullaev yana bir bor to‘xtalib o‘tdi. Qashg‘ar shahriga tashrif buyurgan viloyat delegasiyasi rahbari o‘z so‘zida o‘tgan yili Farg‘ona viloyati va Xitoy o‘rtasidagi umumiy tovar aylanmasi 663 mln dollarga etganini qayd etib, viloyatning investision salohiyati, xususan, maxsus sanoat zonalarida xorijiy investorlar uchun yartilgan qulayliklar haqida ma‘lumot berdi. Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni va Farg‘ona viloyati xamkorligining yana bir muhim yo‘nalishi sifatida turizmni asosiy drayverga aylantirish imkoniyatlariga e‘tibor qaratdi. Anjuman davomida Farg‘ona va Qashg‘ar shaharlari, Qo‘qon shahri va Zepu tumani, Marg‘ilon shahri va Shache tumani o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Shuningdek, Farg‘onaning “Dilrabo travel” sayyohlik kompaniyasi hamda Qashqar turizm tashkiloti o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Farg‘ona - Qashg‘ar yo‘nalishida aviaparvozlar tashkil etish taklifi ilgari surilib, bu turizmni rivojlatirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta‘kidlandi. Memorandum imzolanib, hamkorlik chora-tadbirlari kelishib olindi. Tadbirlar davomida Qashg‘ar maxsus sanoat zonasi hududiga ham borilib, uning faoliyati va tayyor mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishildi. Shuningdek, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi tibbiyot muassasasi faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!