Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

782025-08-18 08:27

YaNGILIKKA INTILISh – DAVR TALABI, MO‘MAY DAROMAD MANBAI

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755487634966.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755487639628.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755487643955.jpg

Bugun barcha sohalarda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligiga ham innovasiyalarni tatbiq etish, ilg‘or texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Yozyovon tumanidagi “Mezon” fermer xo‘jaligi paxta etishtirishda katta tajriba maktabini yaratgan. Xususan, o‘tgan yili paxtadan 60-65 sentnerdan hosil, 1,5 mlrd. so‘m daromad olingan. Bu yil 90 gektar maydonda parvarishlanayotgan g‘o‘zalar rivoji ham ko‘zni quvnatadi. – Joriy yil 15 mart kuni plyonka ostiga chigit ekishni boshlaganmiz. Xitoydan keltirilgan “Xin Lu Zao-78” navli paxtani qo‘shqator usulida ekib, tomchilatib sug‘orish orqali parvarishladik, – deydi fermer xo‘jaligi rahbari Vohidjon Obidov. – Bu usulda parvarishlashning ko‘plab ijobiy tomonlari bor: birinchidan, har gektar maydonga 240-250 ming tup ko‘chat sig‘adi, ikkinchidan, sug‘orishda sezilarli darajada suvni tejash mumkin, uchinchidan, yagana, chekanka qilinmaydi, hosilni ham tez fursatda, bir terimda yig‘ishtirib olinadi. Uning aytishicha, qo‘shqator usulda ekib parvarishlangan paxtani yig‘ishtirib olish uchun viloyatimizga keltirilayotgan terim mashinalarining afzalliklari ko‘p. Jumladan, paxtani qo‘lda terib olish uchun ilgari 45-50 kun vaqt sarflagan. Zamonaviy paxta terish mashinalarida esa bunga uzog‘i bilan o‘n kun vaqt ketadi. Shuningdek, hosil sifatli, toza teriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 19.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft