O‘zbekiston tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi






Viloyatimizda davom etayotgan “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” oyligi doirasida bugun O‘zbekiston tumani hokimligida tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Sohani rivojlantirish, tadbirkorlar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va to‘siqlarni o‘rganish hamda bartaraf etish, foydalanilmagan imkoniyatlar, yangi drayverlarni aniqlash maqsadida tashkillangan ochiq muloqotda viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov va tuman hokimi Ravshanbek Begmatov tegishli mutasaddilar hamrohligida tadbirkorlarning taklif hamda muammolarini tingladi. Uchrashuvda bank krediti va er ajratish, faoliyatni kengaytirish, infratuzilmani yaxshilash va kommunal xizmatlar kabi masalalarda murojaatlar qabul qilindi. Shuningdek, savol, taklif va fikr-mulohazalar tinglandi. Ochiq muloqotda ko‘tarilgan masalalarning ayrimlariga shu erning o‘zida echim topildi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladiganlari esa mas‘ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Faol tadbirkorlar mehnatining yuksak e‘tirofi


YaNGILIKKA INTILISh – DAVR TALABI, MO‘MAY DAROMAD MANBAI
