Faol tadbirkorlar mehnatining yuksak e‘tirofi










Xabaringiz bor, Prezidentimizning tegishli Farmon va farmoyishiga muvofiq, farg‘onalik bir guruh tadbirkorlar ham davlat mukofoti va “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bugun viloyat hokimligida mazkur mukofotlarni o‘z egalariga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yuksak e‘tirofga munosib ko‘rilgan tadbirkorlarni samimiy tabrikladi. Bu mukofotlar ularning fidokorona xizmatlarining munosib bahosi ekanligi qayd etildi. Ularning samarali mehnatlari, viloyat iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissalari e‘tirof etildi. Shundan so‘ng mukofotlar tantanali tarzda o‘z egalariga topshirildi. Mukofotlanganlar nomidan so‘zga chiqqanlar e‘tibor va rag‘bat uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida yanada fidoyilik bilan mehnat qilishlarini ta‘kidladilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


O‘zbekiston tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

YaNGILIKKA INTILISh – DAVR TALABI, MO‘MAY DAROMAD MANBAI
