Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

422025-08-21 18:48

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi o‘n ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755784045984.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755784050631.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755784053751.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755784056491.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755784059260.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755784061998.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755784066505.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755784070401.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755784074691.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755784078482.jpg

Unda viloyat Kengashi deputatlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Dastlab O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan viloyatda olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Marg‘ilon shahri, Buvayda, Toshloq, Furqat va Uchko‘prik tumanlari hokimlarining murojaatlar bilan ishlashda olib borayotgan chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hisobotlari eshitildi. Shundan so‘ng viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari, viloyat ishchi guruhi rahbari Iqboljon Qambarov viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan tijorat banklarida korrupsiyaviy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida ko‘riladigan ta‘sirchan chora-tadbirlar haqida ma‘lumot berdi. Muzokaralarda so‘z olgan viloyat Markaziy bank bosh boshqarmasi boshlig‘i Shavkatjon Do‘saliev viloyatda banklarni korrupsiyasiz sohaga aylantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ko‘riladigan ta‘sirchan choralar va kutilayotgan natijalar haqida to‘xtalib o‘tdi. Sessiya ishida viloyatni iqtisodiy rivojlantirish, xususan sanoat, xizmat, qurilish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida yangi loyihalarni amalga oshirish, yuqori daromadli doimiy ish o‘rinlari tashkil qilish maqsadlarida tadbirkorlik sub‘ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida viloyatdagi tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi va kelgusidagi vazifalarga e‘tibor qaratildi. Sessiya yakunida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 22.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft