Viloyat hokimi Beshariq tumanida yangi bunyod etilgan va qurilishi davom etayotgan ijtimoiy soha obyektlari bilan tanishdi










Xususan, “Yangi hayot” MFY hududidagi 600 o‘rinli “Eljas school” xususiy maktabidagi ta‘lim jarayonlari va yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Ushbu ta‘lim maskaniga 12 milliard so‘m investisiya yo‘naltirilgan bo‘lib, 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun zarur barcha imkoniyatlar yaratilgan. Maktabda 50 nafar malakali o‘qituvchilar va murabbiylar faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, o‘quvchilarni maktabga olib kelish uchun maxsus avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan, uzoqdan keladiganlar uchun yotoqxona ham mavjud. Keyingi manzil "Sherwood kids" nomli nodavlat maktabgacha ta‘lim tashkiloti bo‘ldi. Tadbirkor Sherzod Erkaboev tashabbusi bilan ochilgan bog‘chaga 3 milliard so‘m investitsiya yo‘naltirilgan bo‘lib, 200 nafar bolajonni qamrab olish imkoniyati mavjud. Zamonaviy ta‘lim va tarbiya jarayonlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Muloqotda tadbirkor kelgusidagi rejalari haqida ham ma‘lumot berdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur ta‘lim va tarbiya muassasalari faoliyatini yuqori baholab, bunday maktablarning hududda ta‘lim sifatini oshirish va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini alohida ta‘kidladi. Shu kuni tuman Madaniyat markazida tashkil etilgan IT markazi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Ayni paytda mazkur markazda 60 nafar bola, shu jumladan, 20 nafar kam ta‘minlangan oila farzandi axborot texnologiyalari sirlarini o‘rganmoqda. Shuningdek, qo‘shimcha ingliz tili kurslari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, darslar ikki smenada olib borilmoqda. Markazda karikatura galereyasi ham faoliyat yuritmoqda. Tashabbuskor karikaturachi rassom Mahmudjon Eshonqulov o‘z ijodiy ishlarini mehmonlar e‘tiboriga havola etdi. Viloyat hokimi bilan muloqotda muzeyni kengaytirish va yoshlar uchun yanada qulay sharoit yaratish zarurligi qayd etildi. Shodlikobod MFY hududida tadbirkor Oybek Mirzaqulov tashabbusi bilan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning old qismida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksi ham tashkil etiladi. Loyiha qiymati 10 mln dollar bo‘lib, 360 o‘ringa mo‘ljallangan. Mazkur markaz joriy yil yakunida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Beshariqda paxta terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Qadoqlangan mevalar xorijga eksport qilinmoqda

Farg‘onada mintaqaviy hamkorlik festivali tashkil etildi