Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Beshariq tumanidagi "Uzun" kichik sanoat zonasida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan investision loyihalar bilan tanishdi





Shu joyda “Beshagrosmakarol” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan loyiha qiymati 20 mln dollar bo‘lgan zamonaviy mevani qayta ishlash fabrikasini tashkil etish hamda “Afif Invest” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan loyiha qiymati 30 mln dollar bo‘lgan shokolad lichinkasi, qadoqlash mahsulotlari, mevani qayta ishlash loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Viloyat rahbari mazkur loyihalarni jadallashtirish kerakligini qayd etdi. Ma‘lumot uchun, mazkur kichik sanoat zonasi 4,5 gektar maydonda joylashgan. Umumiy qiymati 35 mlrd so‘m bo‘lgan 20 ta loyiha joylashtirilgan. 250 tadan ziyod ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Ayni kunga qadar 5 ta loyiha ishga tushirilib, metall buyumlar, qurilish materiallari, mosh qadoqlash, temir-beton ustunlar ishlab chiqarilmoqda. 2026 yilga qadar barcha loyihalar to‘liq ishga tushiriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Beshariqda paxta terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Qadoqlangan mevalar xorijga eksport qilinmoqda


Farg‘onada mintaqaviy hamkorlik festivali tashkil etildi