Farg‘onada mintaqaviy hamkorlik festivali tashkil etildi







Farg‘ona shahridagi “Asia” mehmonxonasida viloyat hokimligi, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonda faoliyat olib borayotgan NNTlar hamkorligida "Do‘stlik ko‘priklari: tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzusida festivalь bo‘lib o‘tdi. Evropa Ittifoqi va Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan "Birgalikdagi sa‘y-harakatlar bilan Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish sari" loyihasi doirasida dastlab milliy an‘ana va qadriyatlarni o‘zida aks ettirgan ko‘rgazma, shuningdek, mahsulotlar yarmarkasi ishtirokchilar e‘tiboriga havola etildi. Shundan so‘ng uch qo‘shni mamlakatdan mini-grantlar dasturlari qatnashchilari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari, ekspertlar va xalqaro hamkorlar, fuqarolik jamiyati va OAV vakillari ishtirokida kichik grantlar dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi. Yangi loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Davlatlararo yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarida so‘z bordi. Festivalь yakunida hamkorlik istiqbollari kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Beshariqda paxta terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Qadoqlangan mevalar xorijga eksport qilinmoqda
