Qadoqlangan mevalar xorijga eksport qilinmoqda







Beshariq tumani Rapqon MFYda Jahongir Madazimov rahbarligidagi oilaviy korxona tashkil etilganiga ikki yil bo‘ldi. Korxonaning asosiy faoliyat turi quruq mevalarni sotib olib, qayta ishlash va tayyor mahsulotlar shaklida qadoqlab, xorijiy davlatlarga etkazib berishdan iborat. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga Beshariq tumanidagi o‘rganishlari davomida ushbu korxonada bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdi. Bugungi kunda o‘rik, mayiz va boshqa turli mahsulotlar qayta ishlanib, xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda. Ayni paytda korxonada 20 nafarga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, 40 nafarga yaqin oilalar mevalarni qadoqlash ishlariga jalb etilgan. Tadbirkor kelgusida korxonani yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishni rejalashtirgan. Buning uchun xorijdan energiya tejamkor texnologiyalarni olib kelish orqali ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirish ko‘zda tutilmoqda. Viloyat rahbari jarayonlar bilan tanishib, tadbirkor faoliyatini kengaytirish hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahsulot sifatiga e‘tibor qaratish kerakligini ta‘kidladi. Ma‘lumot uchun, tumanda bugungi kunda mevalarni qayta ishlab, qadoqlovchi korxonalar soni 11 tani tashkil etmoqda. Ular tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 6 mln 800 ming dollarlik quritilgan mevalar eksport qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Beshariqda paxta terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda


Farg‘onada mintaqaviy hamkorlik festivali tashkil etildi