Beshariqda paxta terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Beshariq tumanidagi o‘rganishlari davomida “Mashtex MTP” MChJ korxonasida bo‘lib, paxta yig‘im-terim mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. Joriy yilda tumanda 7 ming 300 gektar maydonda g‘o‘zaning "Namangan-77", "S 6775", shuningdek, xitoy navlari ekilib, parvarishlanmoqda . G‘o‘zaga agrotexnik tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Kultivatsiya ishlari bajarildi, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari olib borildi, zararkunandalarga qarshi kurash choralari ko‘rildi. Ayni kunlarda esa paxta yig‘im-terimi mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda. Jumladan, 180 ta qishloq xo‘jaligi texnikalari ta‘mirlanib, shay holatga keltirilmoqda. E‘tiborli jihati, joriy mavsumda 14 yangi Svan paxta terish mashinalari ishtirok etadi. Viloyat hokimi maydonlarda belgilangan muddatlarda va sifatli defoliatsiya ishlarini tashkil etishda zamonaviy texnikalarning ahamiyatini alohida ta‘kidladi. Shu bilan birga, mas‘ul tashkilot va mutasaddilarga ishlarni tizimli tashkillash yuzasidan aniq ko‘rsatmalar va tegishli topshiriqlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Qadoqlangan mevalar xorijga eksport qilinmoqda


Farg‘onada mintaqaviy hamkorlik festivali tashkil etildi