Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1192025-08-22 17:07

Ilm va zamonaviy texnologiyalar agrar sohada muhim samara bermoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755864307551.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755864317055.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755864321484.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755864327961.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755864330218.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755864334372.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755864337920.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755864341459.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755864344731.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755864350932.jpg

Ilm va zamonaviy texnologiyalar agrar sohada muhim samara bermoqda Farg‘onalik dehqonlar qishloq xo‘jaligida katta tajribaga ega. Bugungi kunda sohaga ilm-fan yutuqlari va zamonaviy texnologiyalar joriy etilayotgani tufayli paxta, g‘alla hamda boshqa mahsulotlardan yuqori hosil olinmoqda. Bugun Uchko‘prik tumanidagi "T.M.M. Maxsitali Mamadalievich" fermer xo‘jaligida g‘o‘za maydonlarida defoliasiya tadbirlarini amalga oshirish, paxta yig‘im-terimiga tayyorgarlik ko‘rish hamda 2026 yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish masalalariga bag‘ishlangan viloyat ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat Jamoatchilik nazorati kengashi a‘zolari, tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limlari mas‘ullari, klasterlar rahbarlari, fermerlar hamda sohaga daxldor idoralar mutasaddilari ishtirok etdi. Seminar doirasida paxta mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, boshoqli don ekinlari ekish ishlarini tizimli tashkil etish kabi masalalar muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi. Dastlab ishtirokchilar fermer xo‘jaligida amalga oshirilayotgan g‘o‘za defoliasiya ishlari bilan tanishdilar. Viloyatimizda defoliasiya ishlarini samarali tashkil etish uchun 126 ta otryad tuzilganligi, 25 avgustdan dori sepish ishlarini boshlash, ayniqsa, paxta terim mashinalari teradigan maydonlarni sifatli defoliasiya qilishga jiddiy e‘tibor qaratish lozimligi mutaxassislar tomonidan tushuntirildi. Seminar davomida joriy yilgi paxta mavsumiga tayyorgarlik ishlari bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Joriy yilda viloyatimizda 47 ming gektar maydonga “Namangan-77”, “S-8290”, “6775” kabi mahalliy navlar, 25 ming gektarga esa xitoy navlari ekildi. Shuningdek, 8 ming 332 gektarda 76 sm qo‘shqator usulida, 3 ming 836 gektarda esa Xitoy tajribasi asosida plyonka ostiga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etildi. Bu yil ilk marotaba viloyatimizdagi 60 foiz asosiy paxta maydonidagi hosil terim mashinalarida terib olinadi. O‘tgan yilda 60 ta paxta terim mashinasi mavsumda ishtirok etgan bo‘lsa, joriy yilda 144 ta Farg‘onada ishlab chiqarilgan “Swan Cotton” zamonaviy mashinalari olindi. Bu esa hosilning asosiy qismini mashinalarda terib olish imkonini beradi. — Prezidentimiz boshlab bergan islohotlar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Xitoy, Turkiya va Ispaniya tajribalaridan unumli foydalanilmoqda. Tizim yangilanmoqda, daromad ko‘paymoqda. Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar va dronlardan foydalanish orqali inson omili keskin kamaymoqda. Viloyatimizda paxtani to‘liq terim mashinalarida yig‘ishtirib olishni asosiy maqsad qilganimiz ham shu ishlarning amaliy natijasidir, — dedi viloyat hokimi. Qo‘l mehnati orqali yig‘ib olinishi kerak bo‘lgan qolgan maydonlarda otryadlar tashkil etilib, ular fermerlar bilan shartnoma asosida ish olib borishi belgilandi. Terim jarayonini fermerning o‘zi boshqarishi va tashkil etishi zarurligi ta‘kidlandi. Mavsumda Uchko‘prik tumanida foydalanish uchun 12 ta zamonaviy paxta terish mashinalari kalitlari o‘z egalariga topshirildi. Shu erda paxta terimida faol qatnashgan ilg‘or terimchilarga sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, g‘alla ekish bo‘yicha belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish, sifatli urug‘lik bilan ta‘minlash, zamonaviy seyalkalardan foydalanish hamda barcha agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri bajarish yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi. 2026 yil hosili uchun viloyatda 88 ming 265 gektar maydonga g‘alla ekish rejalashtirilgani ma‘lum qilindi. Nuroniylarning duolari bilan boshoqli don ekinlarini ekish jarayonlari boshlab berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 23.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft