Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bir guruh xitoylik investorlarni qabul qildi





Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bir guruh xitoylik investorlarni qabul qildi. Muloqotda viloyatimiz hududlarida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Xususan, “Zhongan Materials Technology Co., Ltd” kompaniyasi Farg‘onada yangi materiallar industrial parkini barpo etishni rejalashtirmoqda. Unda asosiy ishlab chiqarish yo‘nalishlari - ko‘mirni qayta ishlash va ekologik toza yoqilg‘i ishlab chiqarish, metall va yog‘ochdan tayyorlangan zamonaviy mebelь, quyosh energiyasi asosidagi yoritish uskunalari, ekologik toza temirbeton bloklari (PC-bloklar), tosh-polimer materiallardan tayyorlangan devor va shift panellari, shuningdek, biznes-servis markazi va turar-joy hududi qurilishi bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi. Kompaniya vakillari viloyat rahbariga shular xususida ma‘lumot berdi. “Shanghai Elekric Wind Power Group” kompaniyasi rahbari Ma Jenshan bilan o‘tgan muloqotda ham O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari rivojlanib borayotgani va bu xitoylik ishbilarmonlarda O‘zbekistonga, xususan, Farg‘ona viloyatiga investisiya kiritishga katta qiziqish uyg‘otayotgani yana bir bor ta‘kidlandi. Shamol turbinalarini loyihalash, ishlab chiqarish, o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelayotgan xitoy kompaniyasi vakillari o‘z faoliyati va tajribalaridan kelib chiqib, Farg‘onada shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha taklifini ilgari surdi. Viloyat rahbari mazkur yo‘nalishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirib, har bir loyiha aniq reja asosida amalga oshirilishi zarurligiga e‘tibor qaratdi. Muloqotlar yakunida loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha hamkorlik chora-tadbirlari kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi