Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

392025-08-23 15:20

“Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining hududiy bosqich g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755944365905.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755944370060.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755944373127.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755944375622.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755944378598.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755944381122.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755944383678.jpg

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida qutlug‘ ayyom – Mustaqillik bayrami arafasida an‘anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining hududiy bosqich g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlab “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 54 nafar jurnalist va ijodkorlar o‘zlarining 200 ga yaqin ijod namunalari bilan faol ishtirok etishdi. Tanlov viloyat hokimligi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi va bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Burhon Qo‘ldoshev, Respublika "Tasviriy oyna" ijodiy uyushmasi raisi Isfandiyor Latipov, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Muhammadjon Obidovlar mustaqilligimizni mustahkamlash yo‘lida jurnalist va ijodkorlar mehnatini alohida e‘tirof etishdi. Bosma nashrlar, televidenie va radio, internet jurnalistikasi, tasviriy san‘at, badiiy ijod namunalari mualliflari bo‘lgan tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 23.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft