Farg‘ona viloyati va Ulsan metropoliten shahri hamkorligi barcha sohalarni qamrab olmoqda









Farg‘ona viloyati va Janubiy Koreyaning Ulsan metropoliten shahri hamkorligi barcha sohalarni qamrab olmoqda va jadal rivojlanmoqda. Jumladan, ikki hudud o‘rtasida ta‘lim yo‘nalishida ham ijobiy tendensiyalar shakllanmoqda. Bunga Farg‘ona davlat texnika universitetining iqtidorli talabalaridan iborat jamoa Koreyaning Ulsan universiteti tomonidan ajratilgan grant doirasida tashkil etilgan yozgi maktabda ishtirok etayotgani misolida ham guvoh bo‘lish mumkin. Yoshlar dastlab dunyoning etakchi ta‘lim maskanlari — Kembridj, Oksford va Garvard universitetlari talabalari qatorida 2025 yilgi Ulsan World-Class University Rowing festivalining rasmiy mehmonlari bo‘lishdi. Bu esa barcha ishtirokchilar uchun ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyom ishtirokida o‘tgan uchrashuv ham farg‘onalik yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, tadbirlar doirasida Ulsan shahri va universitetining tarixi, madaniyati hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi imkoniyatlari haqida batafsil ma‘lumot berildi. Albatta, bunday uchrashuvlar talabalar uchun bilim va tajriba almashishda muhim amaliy qadam bo‘lib xizmat qilmoqda. E‘tiborlisi, mazkur jarayonlarga Ulsan mahalliy telekanali tomonidan tayyorlangan lavhada ham alohida e‘tibor qaratildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bir guruh xitoylik investorlarni qabul qildi

Ilm va zamonaviy texnologiyalar agrar sohada muhim samara bermoqda


Beshariqda paxta terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda