Farg‘onada yangi savdo majmuasi foydalanishga topshirildi










Farg‘onada yangi savdo majmuasi foydalanishga topshirildi Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan Farg‘ona shahridagi Bahor MFY hududida yangi savdo majmuasi ishga tushirildi. Loyiha "Big Mart" MChJ tomonidan tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirilib, umumiy qiymati 5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Natijada 65 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov tashabbuskorlarga minnatdorchilik bildirdi va kelgusi faoliyatlarida ham muvaffaqiyat tiladi. Bunday loyihalar aholi bandligini ta‘minlash va hudud iqtisodiyoti rivojida muhim ahamiyat kasb etishini ta‘kidladi. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, sohada olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijalari haqida ham tadbirda so‘z olganlar tomonidan to‘xtalib o‘tildi. Ramziy tasma kesilib, mehmonlar savdo majmuasining sharoitlari va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada "Kopa Junior" bolalar futbol maktabi o‘z ishini boshladi



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bir guruh xitoylik investorlarni qabul qildi