Farg‘onada koreyalik investorlar ishtirokida yirik loyiha amalga oshirilmoqda



Farg‘onada koreyalik investorlar ishtirokida yirik loyiha amalga oshirilmoqda Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Janubiy Koreyaning “AHA Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Ku Gi Doni qabul qildi. Ushbu kompaniya ta‘lim va tibbiyot sohalari uchun zamonaviy jihozlar va qurilmalar ishlab chiqarish yo‘nalishida dunyodagi etakchi ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Hamkorlik doirasida Farg‘ona shahridagi Ekoshahar hududidagi sanoat zonasida 4 gektar maydonda zamonaviy elektron doskalar va elektr transport vositalari uchun zaryadlovchi qurilmalar ishlab chiqarish pilot loyihasi amalga oshirilmoqda va ayni kunlarda qurilish ishlariga kirishildi. 20 million dollar qiymatiga ega ushbu korxonada ichki bozor va eksport uchun elektron doskalar (IFPD), elektromobillar uchun zaryadlovchi qurilmalar, sog‘liqni saqlash sohasi uchun jihozlar va boshqa turdagi mahsulotlarni mahalliy tarzda ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Uchrashuvda korxona kelgusi yilda to‘liq quvvat bilan ishga tushirilishi va 200 tadan ortiq ish o‘rni yaratilishi ma‘lum qilindi. Loyihaning ikkinchi bosqichida esa televizorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Muloqotda loyihani amalga oshirish jarayonlarining borishi muhokama qilinib, koreyalik investorlarning Farg‘ona viloyatiga sarmoya kiritishga qiziqishlari ham qayd etildi. Viloyat hokimi investorlarning o‘zaro manfaatli taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirib, korxonani qisqa muddatda ishga tushirish zarurligini ta‘kidladi. Uchrashuvda Koreya xalqaro universiteti rektori Park Jun Xo ham ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





