Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

392025-08-26 08:28

“Yilning eng iqtidorli o‘qituvchisi” va “Yilning eng iqtidorli o‘quvchisi” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756178739409.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756178743569.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756178746750.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756178749486.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756178752997.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756178757304.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756178760142.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756178763686.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756178766232.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756178769178.jpg

“Yilning eng iqtidorli o‘qituvchisi” hamda “Yilning eng iqtidorli o‘quvchisi” tanlovlari g‘oliblari taqdirlandi Viloyat hokimi tashabbusi bilan 2024-2025-o‘quv yilida ta‘lim sohasida sog‘lom raqobat va ilg‘or tajribalarni yanada ommalashtirish maqsadida o‘qituvchilar o‘rtasida “Yilning eng iqtidorli o‘qituvchisi” hamda o‘quvchilar o‘rtasida “Yilning eng iqtidorli o‘quvchisi” tanlovlari tashkil etildi. Mazkur tanlovlarda 27 mingdan ortiq o‘qituvchilar va 73 ming nafar iqtidorli o‘quvchilar faol qatnashdilar. Tanlov natijasiga ko‘ra, 36 nafar fidoyi ustozlar va 63 nafar iqtidorli va iste‘dodli o‘quvchilar g‘olib deb topildi. Viloyatimizning ilg‘or pedagoglari, fan mutaxassislari, ta‘lim muassasalari rahbarlari ishtirokida 2025-2026 o‘quv yili oldidan tashkil etilgan “Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi” shiori ostidagi IV Ustozlar milliy forumining yakuniy bayram tadbirida g‘oliblar munosib taqdirlandi. Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ta‘lim sohasi fidoyilarini mustaqilligimizning 34 yillik bayrami hamda boshlanayotgan yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi. Prezidentimizning ta‘lim fidoiylari faoliyatiga katta e‘tibor qaratayotgani Farg‘onada o‘z natijasini berayotganini ta‘kidladi. Ilm va ta‘lim taraqqiyotning asosi ekani, pedagog obro‘sini yuksaltirish zarurligi, izlanish va mehnat orqali davlatimiz rivojlangan mamlakatlar qatorida nafaqat teng, balki ilgarilab borishi mumkinligini qayd etdi. Tadbir davomida yuqori natijalarga erishgan va 1-o‘rinni egallagan 12 nafar ustozlarga 50 million so‘mdan, 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan 12 nafar ustozlarga 30 million so‘mdan va uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 12 nafar ustozga 20 million so‘mdan pul mukofoti va viloyat hokimining tashakkurnomasi hamda 21 nafar 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga 15 million so‘mdan, 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan 21 nafar o‘quvchiga 10 million so‘mdan va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan 21 nafar o‘quvchiga 5 million so‘mdan pul mukofoti va viloyat hokimining tashakkurnomasi tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi. Faxriy ustozlarning sohaga ko‘magi ham e‘tirof etilib, bir qator nuroniylarga va kuni kecha Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l viloyatida sportning futbol turi bo‘yicha xalqaro turnirda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 26.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft