Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

582025-08-26 09:10

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Chaowei Group” kompaniyasi vakili Vang Kiyuuni qabul qildi.

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756181312074.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756181316872.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Chaowei Group” kompaniyasi vakili Vang Kiyuuni qabul qildi. Uchrashuvda Xitoy kompaniyasi investisiyasi hisobiga viloyatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik investision loyihalar muhokama qilindi. Muloqotda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari yangi bosqichda rivojlanib borayotganligi, bu esa xitoylik ishbilarmonlarda mamlakatimizga, xususan, Farg‘ona viloyatiga investisiya kiritishga katta qiziqish uyg‘otayotganidan dalolat berayotganligi ta‘kidlandi. Farg‘onada Xitoydagi yirik, mashhur brendga ega kompaniyalarning korxonalarini tashkil etish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni savdosini yo‘lga qo‘yish hamda shu erning o‘zidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shni davlatlar va Evropaga eksportini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan yirik savdo kompleksini tashkil etish loyihasi taqdimot qilindi. Hitoyda bu yo‘nalish klaster shaklida tashkil etilgan bo‘lib, jahonning rivojlangan davlatlarida o‘z savdo do‘konlariga ega ekanligi va Farg‘onada tashkil etiladigan savdo kompleksi ham ana shunday klasterning bir ko‘rinishi bo‘lishligiga alohida e‘tibor qaratildi. E‘tiborli jihati, ushbu majmuada shuningdek, xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, dam olish maskanlari, mehmonxonalar ham tashkil etilishi evaziga yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, mahalliy aholini doimiy ish bilan ta‘minlash imkoniyati yaratilishi hamda ikki tomonlama manfaatli bo‘lishligi bildirildi. Istiqbolli loyihani amalga oshirish bo‘yicha taklif, mulohazalar bilan tanishgan viloyat rahbari ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan loyhalarning qo‘llab–quvvatlanishini hamda amalga oshirish uchun kerakli barcha ko‘mak berilishini ma‘lum qildi. Uchrashuvda aniq takliflar asosida puxta loyiha konsepsiyasi ishlab chiqilishi va hamkorlikda ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 26.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft