Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1122025-08-26 20:18

Yangi uylar harbiylarga bayram sovg‘asi bo‘ldi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756221389642.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756221393619.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756221396427.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756221400030.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756221402169.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756221405295.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756221408015.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756221410714.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756221414290.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756221417054.jpg

Yangi uylar harbiylarga bayram sovg‘asi bo‘ldi Mustaqillik bayrami arafasida Farg‘ona shahridagi Abdulla Qodiriy mavzesida harbiy xizmatchilar uchun barpo etilgan sakkiz qavatli yangi uy–joy foydalanishga topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi, harbiy-ma‘muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov, harbiy xizmatchilar, ularning oila a‘zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barchani xalqimizning ulug‘ bayrami - mustaqilligimizning 34 yilligi bilan chin dildan qutlab, harbiylarga yangi, zamonaviy uylar bayramga munosib sovg‘a bo‘lganini qayd etdi. Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan mamlakatimizda Qurolli Kuchlarni isloh qilish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a‘zolarini ijtimoiy himoya qilish borasida keng ko‘lamli va tizimli ishlar amalga oshirilayotganligiga e‘tibor qaratildi. - Eng avvalo, harbiylarimizning ijtimoiy himoyasini ta‘minlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda xizmat uylari, yangi uy-joylar qurilib, dastlabki to‘lovlari imtiyozli tarzda davlat tomonidan qoplab berilmoqda. 2020 yildan buyon Farg‘ona viloyatida 540 nafar harbiy xizmatchi va ularning oila a‘zolariga namunaviy uy-joylar topshirildi. Bugun esa yana 50 nafar harbiy oilalar o‘z xonadonlariga ega bo‘lmoqda. Chunki har bir inson o‘z uyi bo‘lishini istaydi. Harbiy xizmatchilarga uy topshirilishi ularning ko‘nglini xotirjam qiladi, mas‘uliyatini oshiradi, jangovar shayligini kuchaytiradi. Ulug‘ ne‘mat - tinchlik va osoyishtalikni asrashdek muqaddas burchni sharaf bilan bajarishlarida muhim ahamiyat kasb etadi, - dedi viloyat hokimi Xayrullo Bozorov. Tadbirda bu kabi jarayonlar kelgusida ham davom etishi yana bir bor ta‘kidlandi. Yangi xonadonlar kalitlari harbiylarga tantanali ravishda topshirildi. Qurilishda ishtirok etgan quruvchilarga ham tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Yangi uylar egalari e‘tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Ramziy tasma qirqilib, mehmonlar zamonaviy ko‘rinishga ega yangi va shinam, yorug‘ xonadonlarda yashovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Duolar qilinib, elga tinchlik va xotirjamlik, oilalarga baxtu saodat so‘rab ezgu tilaklar aytildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 27.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft