Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1212025-08-26 20:44

Farg‘onalik yoshlarning sa‘y-harakati va hamjihatligi bilan Yoshlar markazi bunyod etildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756222955728.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756222960339.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756222966522.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756222970800.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756222974114.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756222976769.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756222979414.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756222982345.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756222985173.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756222987545.jpg

Farg‘onalik yoshlarning sa‘y-harakati va hamjihatligi bilan Yoshlar markazi bunyod etildi Davlatimiz mustaqilligining 34 yilligi bayrami arafasida Farg‘ona shahrida zamonaviy Yoshlar markazi qurilib, foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, shahar mas‘ullari, mutasaddi rahbarlar, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barchani ulug‘ tantana, eng aziz, eng ulug‘ bayram mustaqilligimizning 34 yillik tantanasi nishonlanayotgan ayni kunlarda Farg‘ona shahrida Yoshlar markazining foydalanishga topshirilishi bilan tabrikladi. Prezidentimizning barcha sohalarga katta e‘tibor qaratayotganligi, ayniqsa, yoshlarga bo‘lgan e‘tiborlari alohida ekanligi ta‘kidlandi. Farg‘ona shahar yoshlarining sa‘y-harakatlari, tashkilotchiligi, birdamligi bilan “Tashabbusli byudjet”da ikki marotaba g‘olib bo‘linib, jami 2 mlrd 600 mln so‘m mablag‘ hisobiga ushbu markaz qurib bitkazilgani alohida e‘tirof etildi. Bu erda 8 ta yo‘nalish bo‘yicha 600 nafar yoshlar shug‘ullanishlari, bilimlarini oshirishlari yoki kasb-hunar o‘rganishlari uchun xizmat qiladigan markaz paydo bo‘lgani ta‘kidlandi. Shu bilan birgalikda shahar hokimligi, homiylar tashabbusi bilan Farg‘ona shahrida yashayotgan 200 nafardan ziyod bolajonlar uchun xatna to‘ylari o‘tkazilayotganligi ham ma‘lum qilinib, to‘ybolalar va ularning ota-onalariga samimiy tilaklar bildirildi. Ushbu bolajonlar kelajakda yurtimizga, xalqimizga xizmat qiladigan barkamol yigitlar bo‘lishiga, ularning ota-onalariga imkoniyatlardan samarali foydalanib, farzandini o‘qitishi, ilm o‘rgatishi, ta‘lim, tarbiya berishlari kerakligi ta‘kidlandi. Bolajonlarga velosipedlar sovg‘a qilindi. Ramziy lenta qirqilib, markazda yoshlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 27.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft