Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov eronlik investor Xosseini Alini qabul qildi




Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov eronlik investor Xosseini Alini qabul qildi. Muloqotda logistika markazi qurish va O‘zbekiston–Eron savdo uyini tashkil etish bilan bog‘liq loyihalar muhokama qilindi. Qiymati 42 mln dollar bo‘lgan loyiha doirasida Quvasoy shahrida, Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududda 5 gektar maydonda zamonaviy logistika markazi barpo etiladi. Markazda meva va sabzavotlarni qayta ishlash hamda eksportga yo‘naltirish ishlari tashkil etilib, 60 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Shuningdek, tadbirkor Farg‘ona shahrida O‘zbekiston–Eron savdo uyini ochish rejasini ma‘lum qildi. Ushbu 3 qavatli inshootda mehmonxona va shourumlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha amalga oshirilishi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda Farg‘onaga yangi investisiyalarni jalb etishga xizmat qiladi. Uchrashuvda viloyat rahbari loyihalarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini, ularni tezkorlik bilan amalga oshirish va ishga tushirish muhimligini ta‘kidladi hamda hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi

Viloyatimizda O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanmoqda