Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1952025-08-27 12:50

Mustaqillik bayrami arafasida marhum ijodkorlar oilalariga davlat mukofotlari topshirildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756280818598.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756280827146.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756280832012.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756280843484.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756280849420.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756280857150.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756280864543.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756280868547.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756280872780.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756280875623.jpg

Mustaqillik bayrami arafasida marhum ijodkorlar oilalariga davlat mukofotlari topshirildi Kuni kecha Mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami arafasida Prezidentimizning “Ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san‘at sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni e‘lon qilindi. Ushbu farmon marhum ijodkorlarning sermazmun hayoti, boy ilmiy va ijodiy merosi, milliy ma‘naviyatni yuksaltirish hamda yurt taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona xizmatlariga berilgan yuksak bahodir. Shu bilan birga, mamlakatimizda ma‘naviy meros va ajdodlar xotirasini ulug‘lashga qaratilgan davlat e‘tiborining amaliy ifodasi sifatida ham ahamiyatlidir. Mukofotlanganlar orasida o‘zbek adabiyoti va san‘atiga ulkan hissa qo‘shgan, xalqimiz qalbidan chuqur o‘rin olgan farg‘onalik ijodkor va san‘atkorlar ham bor. Ularning oila a‘zolariga davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri Nuriddin Ismoilov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, yozuvchi va shoirlar, keng jamoatchilik vakillari hamda yosh ijodkorlar ishtirok etdilar. Dastlab O‘zbekiston xalq shoiri Anvarjon Obitjonov (Anvar Obidjon) xonadoniga tashrif buyurilib, Prezident Farmoni o‘qib eshittirildi. Shoirning turmush o‘rtog‘i Karomatxon Obitjonovaga ulug‘ ijodkor nomiga berilgan “Mehnat shuhrati” ordeni topshirildi. Oila vakillari davlatimiz rahbariga ko‘rsatilgan e‘tibor uchun samimiy minnatdorlik bildirdilar. Shundan so‘ng O‘zbekiston xalq artisti Mamirjon To‘xtasinov xonadonida marhum san‘atkorning turmush o‘rtog‘i Qimmatxon To‘xtasinovaga “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni tantanali tarzda topshirildi. Oltiariq tumanidagi Bunyodkor mahallasida yashagan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oxunjon Madaliev xotirasi ham yuksak qadrlandi. Marhum xonandaning nomiga berilgan “Mehnat shuhrati” ordeni uning turmush o‘rtog‘i Habiba Madalievaga topshirildi. So‘z olganlar Farg‘ona viloyati, xususan, Oltiariq tumani azaldan ko‘plab iste‘dodli san‘atkor va adiblar etishib chiqqan ijodkorlar maskani ekanini ta‘kidlab o‘tdilar. Tadbirlar davomida ijodkorlarning adabiyot va san‘atni rivojlantirishdagi beqiyos hissasi yuksak e‘tirof etildi, ularning oila a‘zolariga Prezidentning samimiy salomi etkazildi. Bu kabi e‘tibor va e‘tirof mukofotlangan ijodkorlar xonadoniga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 28.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft