Farg‘ona shahrida zamonaviy restoran foydalanishga topshirildi










Farg‘ona shahrida zamonaviy restoran foydalanishga topshirildi Farg‘ona shahrining Alisher Navoiy ko‘chasida “Uno Airways Restaurante” MChJ tomonidan tashkil etilgan zamonaviy restoranning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Bugungi kunda viloyatimizda turistlar oqimining yil sayin ortib borayotgani natijasida turli davlat va millatlar taomlariga bo‘lgan ehtiyoj ham tobora oshmoqda. Shu bois restoran biznesini rivojlantirish, Evropa, Osiyo va dunyoning boshqa mamlakatlari milliy taomlarini taqdim etadigan zamonaviy restoranlarni ochish bugungi kunning eng dolzarb va muhim vazifalaridan biriga aylanmoqda. Shu maqsadda ochilgan restoran loyiha qiymati 12 mlrd so‘mni tashkil etadi. Restoran yiliga 75 ming nafar mijozga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, 55 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Turkiyalik va mahalliy tajribali oshpazlar ishtirokida mijozlarga milliy va jahon taomlarining keng turi taqdim etiladi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov eng ulug‘, eng aziz bayram – mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan yig‘ilganlarni qutlab, Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar va ularning samaralari xususida so‘z yuritdi. - Zamon talablari darajasidagi restoranning foydalanishga topshirilishi to‘yga to‘yona bo‘lmoqda. Shu bilan birga viloyatda turizm imkoniyatlarini oshirishga, turistlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir, - dedi viloyat rahbari. Tadbir davomida ramziy lenta qirqilib, mehmonlar ishchi-xizmatchilar, mijozlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov eronlik investor Xosseini Alini qabul qildi