Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1432025-08-27 16:21

Quva tumanida “Anorchilik sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756293566358.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756293571178.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756293574074.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756293577935.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756293580890.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756293583423.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756293586315.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756293589946.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756293592179.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756293596010.jpg

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Shuhrat G‘aniev, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, yurtimizdagi qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan olimlar, fermerlar va mutaxassislar, mahalliy anor etishtiruvchilar, mahsulotni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar vakillari va eksportchilar ishtirok etdi. Farg‘onada anorchilikning o‘ziga xos maktabi shakllanib, bu yo‘nalishga yil sayin katta e‘tibor qaratilmoqda. Hududlarda yangi anorzorlar barpo etilmoqda, eksport hajmi ortib bormoqda. O‘zbekiston anorini brend sifatida shakllantirish, Farg‘onada anorzorlar maydonini kengaytirish, hosildorlikni oshirish, ko‘chatchilikni rivojlantirish va danaksiz anor navlarini joriy etish bo‘yicha ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Respublika Fermerlar kengashi va boshqa mas‘ul tashkilotlar hamkorlikda tashkil etilgan seminarda sohadagi ilg‘or yutuqlar e‘tirof etildi. Dastlab seminar ishtirokchilari Farg‘ona shahridagi “Uz-Segang” MChJ qo‘shma korxonasida bo‘lib, anorni saralash va qadoqlash jarayoni bilan tanishdilar. Shundan so‘ng Quva tumanidagi “Farg‘ona anorchilik” MChJ bog‘ida amalga oshirilgan ilg‘or tajribalar o‘rganildi. Tumandagi “Yingtai agricultural food technology” qo‘shma korxonasida mamlakatimizda anorchilik sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari, mavjud muammolar va kelgusidagi dolzarb vazifalar mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Sohaning etuk olimlari, mutaxassislari tomonidan respublikada anorchilikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar, anor etishtirishda jahon tajribasi, anorchilik sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash choralari, Farg‘ona viloyatining adirlik, dasht hududlarida anor etishtirishning istiqbollari, anor etishtirishda zamonaviy texnikalardan foydalanishning ahamiyati va anorning biologik xususiyatlari va etishtirish texnologiyasi to‘g‘risida ma‘ruzalar qilindi. Savollarga javoblar qaytarildi. Seminar doirasida anorchilik bo‘yicha ilmiy ma‘ruzalar bilan bir qatorda, mahalliy fermerlar tajribalarining taqdimoti, amaliy master-klasslar ham o‘tkazildi. Mazkur seminar orqali anorchilik sohasidagi ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta‘minlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, hamda eksportbop mahsulotlar hajmini ko‘paytirish maqsad qilingan. Yana bir e‘tiborli jihat, bunday tadbirlar Quva tumanida agroturizmni rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 28.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft