Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1362025-08-28 13:43

Bir guruh farg‘onaliklarga davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756370542517.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756370546885.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756370552270.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756370557169.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756370560675.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756370562848.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756370566034.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756370568684.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756370571038.jpg

Bir guruh farg‘onaliklarga davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi Prezidentimizning tegishli farmonlariga ko‘ra, Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida viloyatimizdan o‘z sohasining fidoyisi bo‘lgan bir guruh yurtdoshlarimiz Davlatimizning yuksak mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandilar. Bugun viloyat hokimligida ushbu mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov o‘zlarining ko‘p yillik fidokorona mehnatlari, jamiyat rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissalari bilan obro‘-e‘tibor topgan bu insonlarni butun viloyat ahli nomidan qutlab, ezgu tilaklarini bildirdi. Mustaqilligimizning 34 yilligi yurtimizda katta tantanalar, xursandchiliklar bilan nishonlanayotganligi, bayram arafasida yurtimizda bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlari amalga oshirilayotgani, yirik ob‘ektlarning foydalanishga topshirilayotgani qayd etildi. Bayram arafasida mamlakatimiz rivojiga, taraqqiyotiga, xalqimizning farovonligini ta‘minlash borasida fidokorligi, sadoqati va samarali mehnatlari uchun bir guruh yurtdoshlarimizning mukofotlanishi an‘anaga aylanganligi, bugun shunday yurtdoshlarimizga mukofotlar topshirilayotganligi ta‘kidlandi. Tadbirda ularning mukofotlarga munosib ekanligi, qilgan fidokorona mehnatlari natijasini bugun xalq, davlat bilayotganligi alohida qayd etildi. Shundan so‘ng davlat mukofotlari tantanali tarzda egalariga topshirildi. Shuningdek ikki nafar yurtdoshimizga "Ma‘naviyat fidoyisi" ko‘krak nishoni ham topshirildi. Viloyat rahbaridan mukofotlarni qabul qilib olgan hamyurtlarimiz ham so‘z olib, e‘tirof va e‘tibor uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 28.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft