101 yoshli Melibu momoga "Shuhrat" medali topshirildi





101 yoshli Melibu momoga "Shuhrat" medali topshirildi Prezidentimiz farmoni bilan mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lgan yuz yoshdan oshgan piru-badavlat otaxon va onaxonlar safida Buvayda tumani Yangiqo‘rg‘on mahallasida yashayotgan Melibu Matisaqova ham bor. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov 101 yoshli Melibu momoning xonadonida bo‘lib, davlatimiz rahbari nomidan “Shuhrat” medali va bayram sovg‘alarini topshirdi. Muhtaram onaxon kabi insonlar hayot yo‘li yoshlar uchun ibrat maktabi ekanligi aytib o‘tildi. Onaxonga sihat-salomatlik tiladilar. Melibu momo viloyat hokimiga yoshlik davri, boshdan kechirgan qiziq voqealar haqida to‘lqinlanib gapirib berdi. Ko‘rsatilgan e‘tibor uchun Prezidentimizga minnatdorchilik bildirib, bugungi tinch va farovon kunlar uchun shukrona aytib yashash, bu kunlarning qadriga etish va asrab-avaylash kerakligini ta‘kidladi. Melibu momo 1924 yilda tavallud topgan. Turmush o‘rtog‘i Solijon ota Matisoqov bilan 4 o‘g‘il, 3 qizni halol mehnat bilan voyaga etkazganlar. Solijon Matisoqov hayotligida ustachilik bilan shug‘ullangan. Onaxon esa, nafaqaga chiqqunicha qishloq xo‘jaligi sohasida ishlagan. Katta Farg‘ona kanali qurilishida ham ishtirok etgan. O‘sha kunlarni eslar ekan, onaxon bugungi dorilamon kunlarga shukrona keltiradi. Hududlarda bo‘layotgan bunyodkorlik, yaratuvchilik ishlaridan xursandligini aytadi. Yurtga tinchlik-omonlik tilaydi. Ikkinchi yuz yillikka qadam qo‘ygan onaxon bugun 63 nafar nabira va 20 nafardan ziyod chevaralar og‘ushida umrguzaronlik qilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada xususiy maktablar soni yana bittaga ko‘paydi


Bir guruh farg‘onaliklarga davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi

Farg‘ona shahrida zamonaviy restoran foydalanishga topshirildi