Qo‘shtepa tumanida zamonaviy to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyat boshladi








Qo‘shtepa tumanida zamonaviy to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyat boshladi Eng ulug‘ va eng aziz bayram – mustaqilligimizning 34 yillik shodiyonalari arafasida Qo‘shtepa tumanida “Innovative Apparel” MChJ tomonidan tekstilь va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasining birinchi bosqichi ishga tushirildi. Shri-Lanka davlati bilan hamkorlikda tashkil etilgan korxonaga 15 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoya yo‘naltirildi. Mahsulotlar Eron, BAA, Tailand, Pokiston, Qirg‘iziston hamda Rossiya kabi davlatlarga eksport qilinadi. Tantanali ochilish tadbirida so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barchani mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami bilan samimiy qutladi. Viloyat rahbari o‘z so‘zida tadbirkorlar taraqqiyotning etakchi kuchi bo‘lib, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik korxonalar barpo etayotgani, ishlab chiqarishlar qilib, odamlarning bandligini ta‘minlayotganligi, eksportni oshishiga qo‘shayotgan hissalari haqida so‘z yuritdi. Qo‘shtepa tumanida ham dunyo standartlariga javob beradigan shunday zamonaviy korxona barpo etilgani muhim voqelik bo‘lgani qayd etildi, bu jarayonda katta hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkor Muzaffar Razzaqovga minnatdorlik bildirildi. Bu kabi korxonalarning ochilishi tuman iqtisodiyotini ham tubdan o‘zgartirishi, hudud rivojida muhim o‘rin tutishligi ta‘kidlandi. Tadbirkor tashabbusi bilan bu joy obod qilinib, bugungi kunda 500 nafardan ziyod ayol-qizlar ishli bo‘lgani, loyiha to‘liq ishga tushgach ishchilar soni 3500 nafarga etkazilishini ma‘lum qilindi. Bunda Shri-lankalik mutaxassislar bilan birgalikda olib borilayotgan ishlar e‘tirof etildi. Tashabbuskorlarning 30 mln dollar eksport amalga oshirilishi belgilab olingani yuqori baholandi. Dunyoda katta bozorga ega, “H&M” savdo belgisi brendiga ega bo‘lgan savdo korxonalari bilan shartnomalar tuzilib, ularning buyurtmalari bilan ishga kirishilganligi ham muhim yutuq va natija bo‘lganligi ta‘kidlandi. Hozirda birinchi buyurtmalar kelib tushganligi korxona rahbariyati tomonidan ma‘lum qilindi. Tadbirda Muzaffar Razzaqov ham so‘z olib, bu erda ishchilarni ishlashi bilan birga ularni o‘qitish tizimlarini ham yo‘lga qo‘yish, keyingi bosqichlarda korxona hududida ishchilar uchun ta‘lim markazlari, tibbiyot punktlari tashkil etish bo‘yicha ham rejalar qilinganini ma‘lum qildi. Shundan so‘ng “Mohir tikuvchilar” kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tikuvchilarga sertifikatlar topshirildi. Nuroniylar, xorijlik hamkorlar ishtirokida ramziy lenta qirqilib, yangi korxonadagi ish jarayonlari, mahsulotlar bilan yaqindan tanishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada xususiy maktablar soni yana bittaga ko‘paydi

101 yoshli Melibu momoga "Shuhrat" medali topshirildi

Bir guruh farg‘onaliklarga davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi

Farg‘ona shahrida zamonaviy restoran foydalanishga topshirildi