FARG’ONA SHAHRIDA AUTSORSING XIZMATLARI KO’RSATISHGA IXTISOSLASHGAN XALQARO CALL-MARKAZI ISH BOSHLADI
Farg’ona shahrida “Audiotele” kompaniyasi tomonidan autsorsing xizmatlari ko’rsatishga ixtisoslashgan xalqaro call-markazi ish boshladi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur yangi tashkil etilgan markazda bo’lib, faoliyati bilan tanishdi.
Viloyatimizda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, mazkur sohada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, IT-xizmatlar eksportiga muhim e'tibor qaratilyapti. Bugungi kunda IT-park rezidentlari soni yuzdan oshib, xizmatlarini eksport qiluvchi korxonalar soni esa 20 taga yetdi.
Rossiya Federatsiyasida faoliyat olib boradigan, call-markaz autsorsingi xizmatlari ko’rsatish bo’yicha peshqadam bo’lgan “Audiotele” kompaniyasi tomonidan viloyatimizda tashkil etilgan markaz ham IT sohasidagi loyihalardan biridir.
Alisher Navoiy ko’chasida joylashgan markazda 60 nafar yosh mutaxassislar faoliyat ko’rsatyapti. Yil yakuniga qadar ular soni 110 taga yetadi. Joriy yilda 4 mln. dollar miqdorida xizmatlar eksportini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Kompaniya rahbari Dmitriy Faleleev viloyat hokimiga markazda olib borilayotgan ishlar, yaratilgan sharoitlar haqida ma'lumot berdi.
Rossiya Federatsiyasining qator shaharlarida o’z kontakt-markazlariga ega bo’lgan, 4 ming nafardan ziyod xodim faoliyat olib borayotgan “Audiotele” kompaniyasi tomonidan 2022 yilda mamlakatimizda tashkil etilgan “Voice solutions VB” MChJ O’zbekistondagi IT Park rezidenti hisoblanadi. Kompaniya BPO (autsorsing xizmatlari aloqa markazi) xizmatlarini eksport qilishga ixtisoslashgan.
Viloyat rahbari markazga IT sohasiga qiziquvchi yoshlarni keng jalb etish, o’quv kurslarini tashkil etish hamda xizmatlar turlarini yanada ko’paytirish borasida tavsiyalarini berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Farg‘onada yangi avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda
Farg‘ona davlat universiteti jamoasi “Zakovat”da g‘olib bo‘ldi
Viloyat hokimi xitoylik investorlar guruhi bilan uchrashdi