FARG’ONANING TARIXIY YODGORLIKLARI

Norbo’tabiy madrasasi - Qo’qondagi me'moriy yodgorlik (18-asr oxiri). Qo’qon xoni Norbo’tabiy hukmronligi davrida qurilgan. Xalq orasida Madrasai Mir nomi bilan ham yuritiladi. Norbo’tabiy madrasasi chorsu maydoni yaqinida qurilgan. Bir qavatli, hovlili, to’g’ri to’rtburchak tarhli (52x72 m), 4 burchagiga minora-guldastalar ishlangan. Hovli (38x38 m) atrofiga qator ravoqli xujralar joylashgan. Peshtog’i shimolga qaragan. Miyonsaroyning 2 tarafida peshtoq bo’ylab tutashgan gumbazli masjid va 12 ta derazali (panjaralar o’rnatilgan) darsxona mavjud. Norbo’tabiy madrasasi pishiq g’ishtdan qurilgan. Xonalar ichi ganchsuvoq qilingan. Masjidning gumbaz osti sharafasi va mehrobining yulduzsimon bezaklari serhasham ko’rinadi. Eshiklari girih naqshlar bilan bezatilgan, ichki qismida esa o’ymakori islomiy naqsh qo’llanilgan. Norbo’tabiy madrasasining tashqi ko’rinishi Buxoro me'morlik maktabi uslubiga xosdir. Madrasai Mir jome masjidining tarixi Norbo’tabiy madrasasining qurilishi bilan bog’liq. Norbo’tabiy (1763 - 1798) Qo’qon xonligining beshinchi xoni bo’lib, u uchinchi xon Abdukarimbiyning (1733 - 1750) nabirasidir. Norbo’tabiy Qo’qonga xon bo’lganidan so’ng bu madrasani qurdirishni boshlagan va u 1798 yilda to’la qurib bitkazilgan. Madrasa to’rtburchakli hovli shaklida xom g’ishtdan qurilgan tarixiy yodgorlikdir. Masjidning yonida qabriston va kichkina bozor bor. Bu joyning nomi Yangi Chorsu deyiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





