Egalik huquqini e‘tirof etishga oid Qonun kuchga kirdi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan er va undagi ko‘chmas mulkka mulk huquqini e‘tirof etishga oid Qonun bugundan kuchga kirdi Unga ko‘ra, fuqarolar quyidagi ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkin: 2018 yil 1 may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan er hamda undagi bino va inshootlar; 2018 yil 1 may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan er hamda undagi bino va inshootlar; “bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e‘tirof etish oxiriga etmagan er hamda undagi bino va inshootlar; 2021 yil 8 iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan er; bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan er; kichik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning eri; davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan er; hokim qarori bilan mulk huquqi e‘tirof etilgan binolar va uylar egallagan er uchastkasi. Qonunga muvofiq, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan er maydonlariga qurilgan ko‘chmas mulk ob‘ektlarini aniqlash maqsadida 2024-2025 yillarda xatlov qilinadigan mahallalar reja-jadvali tasdiqlandi. Tasdiqlangan reja-grafik Kadastr agentligining kadastr.uz saytiga joylashtirildi. Fuqarolar saytga kirib o‘zining hududida xatlov ishlari qachon amalga oshirilishini bilib olishi mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘onalik ilk ziyoratchilar Haj safariga jo‘nab ketdi


IT sohasida yangi loyihalar amalga oshirilmoqda

Farg‘onada “Telecontact” kompaniyasi filiali faoliyat boshladi