Farg‘ona shahrida KFC xalqaro umumiy ovqatlanish tarmog‘ining birinchi restorani o‘z faoliyatini boshladi







Farg‘ona shahrida KFC xalqaro umumiy ovqatlanish tarmog‘ining birinchi restorani o‘z faoliyatini boshladi. Bugun mazkur restoranning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Xabib Sirojiddinov, viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedovlar so‘zga chiqib, viloyatimizda xalqaro brendlar asosida ishlovchi tarmoqlarning ko‘payishi aholi va mehmonlar uchun qulayliklar yaratayotganini ta‘kidlab o‘tishdi. Tovuqdan turli mahsulotlar tayyorlashga ixtisoslashgan KFCning mazkur 26-restorani 160 o‘ringa ega bo‘lib, 82 ta ish o‘rni yaratildi. Bu erda mijozlar uchun KFC Farg‘ona Avto xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Bir kunda o‘rtacha 1500 dan ziyod avtomobillarda kirilib, mahsulotlar xarid qilish mumkin. Yaqin kunlarda mahsulotlarni etkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yiladi. 24/7 rejimida xizmat ko‘rsatuvchi KFC restoranining ochilish marosimi konsert-shou bilan davom etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





