Farg‘onada “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” shiori ostida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda
16 noyabrь – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan viloyatimizda ham “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” shiori ostida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.
Farg‘ona davlat universitetida bo‘lib o‘tgan tadbirda milliy madaniy markazlarining rahbarlari, turli millat vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Burhonjon Qo‘ldoshev va boshqalar davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy qadriyatlarini asrab-avaylash, aholi o‘rtasida diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilayotgan alohida e‘tiborga to‘xtaldilar. Bugungi kunda viloyatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari turli sohalarda faoliyat yuritib, totuvlikda istiqomat qilayotgani dunyo hamjamiyatining e‘tirofiga ham sazovor bo‘layotgani qayd etildi.
Ushbu tadbirda milliy madaniy markazlarning faoliyati, qo‘lga kiritayotgan yutuqlari haqida fikr-mulohazalar yuritildi. “Bag‘rikeng diyor” nomli fotoko‘rgazma barchaga manzur bo‘ldi.
Ishtirokchilarga viloyatimizdagi milliy madaniy markazlarning badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Farg‘ona shahrida Farg‘ona-Yaponiya ikkinchi biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
Farg‘onada Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi keng nishonlanmoqda
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investorlar bilan uchrashdi