Viloyat Tadbirkorlar uyida 2025 yil Davlat byudjeti loyihasining muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi





Farg‘ona shahridagi viloyat Tadbirkorlar uyi majlislar zalida 2025 yil O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasining muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Xabib Sirojitdinov, Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov, shahar va tumanlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, Iqtisodiyot va moliya, soliq, g‘aznachilik boshqarmasi rahbarlari ishtirok etdi. Unda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlari, o‘rta muddatli makroiqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari, soliq siyosati, byudjet qonunchiligidagi o‘zgarishlar hamda viloyat mahalliy byudjetining kelgusi yildagi asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma‘ruza qilib, mas‘ullarga batafsil tushuntirishlar berdi. Ishtirokchilar savollariga javoblar qaytarildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!